Atom murakkab sistema. Reja




Скачать 33.04 Kb.
НазваниеAtom murakkab sistema. Reja
Дата конвертации30.01.2013
Размер33.04 Kb.
ТипДокументы

ATOM MURAKKAB SISTEMA.

REJA:



  1. Katod nurlari, radioaktivlik.

  2. Atom tuzilishining yadro nazariyasi.

  3. Atom yadrosining zaryadi, atom yadrosini sun’iy yo‘l bilan parchalash, atom yadrosini tarkibi.

  4. Bor nazariyasi.



Tayanch iboralar: Katod, rentgen nurlari, radiaktivlik, yarim emirilish davri, nuklonlar, protonlar, izobar, izotoplar, α,γ,β-nurlar, neytron, elektronlar, Bor nazariyasi, postulatlar, kvant, kvant sonlar, yonaki, magnit.


3.1. Katod nurlari


Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma’lumotlari 1879 yilda siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bo‘lish hodisasini tekshirish natijasida olindi.

Agar elektrodlar ravshanlangan shisha naydan havo so‘rib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarqala boshlaydi

Bu nurlar katod nurlari deyiladi

Elektr maydonida ular to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qilayotgan harakatidan burilib, + (musbat) qutb tomonga og‘adi.

Demak, katod nurlari – (manfiy) zaryadlangan elektronlar oqimidan iborat bo‘lib, katta tezlik bilan uchadi

M: t

Me →Me++e- (termoelektron emissiya)

Ko‘pchilik metallar ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, ishqoriy metallar esa yorug‘lik nuri bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham e- ajralib chiqadi.

Me-=9,1·10 –28 g, bu vodorod atom massasining1/1897 qismini tashkil yetadi. Elektron zaryadi 4,8·10-10 absolyut elektrostatik birlikka, ya’ni 1,6·10 K ga teng

Radioaktivlik. Atom tuzilishi haqidagi ta’limot radioaktivlik hodisasini kashf etilishi tufayli yanada rivojlanib ketdi. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar chiqishini va qora qog‘ozdan fotoplastinkaga o‘tib ta’sir etishi natijasida havoni ionlashishi aniqlandi. Bu hodisani o‘rganishni francuz olimlari Per va Mariya Kyurilar davom ettirdilar va 1896 yilda atom massalari 226 va 210 ga teng bo‘lgan ikki yangi element radiy (Ra) va poloniy (Ro) ni kashf etdilar.

M.S. Kyuri taklifiga binoan moddalarning o‘z-o‘zidan nur tarqatish hodisasi radioaktivlik, bunday hodisaga ega bo‘lgan moddalar esa radioaktiv moddalar deb nomlanadi.

Radioaktiv nurlar moddalarni (m: suv, vodorod xlorid va x. k) hamda tirik to‘qimalarni parchalaydi, lekin oz miqdorda o‘simliklarni o‘sishi uchun yordam beradi. Radioaktiv nurlar α,γ,β -nurlardan tashkil topgan. Masalan usti teshik qo‘rg‘oshin idishga radioaktiv preparatini joylashtirib, teshik qarshisiga fotoplastinka o‘rnatsak, plastinkada qora dog‘lar hosil bo‘ladi. Bu esa radioaktiv preparatdan qandaydir nurlar tarqalayotganini isbotlaydi. Agar bu nurlar yo‘liga magnit yoki elektr maydonini kiritsak fotoplastinkada uch xil dog‘ hosil bo‘ladi, bu esa uch xil nur tarqalayotganini ko‘rsatadi, elektr va magnit maydonida nurlarning bir oqimi (α-nurlar) manfiy qutbga, ikkinchi oqimi (β nurlar) musbat qutbga buriladi, uchinchi oqim (γ-nurlar) esa o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi.

α, - nurlar musbat zaryadli zarrachalar oqimi bo‘lib, ularning zaryadi elektron zaryadidan ikki marta ortiq (u 2 ta musbat zaryadlidir). Bu zaryadning massasi 4 u.b. ga teng. α-zarracha musbat zaryadlangan geliy ioni ekanligi 1909 yilda isbotlandi. U material maydon har akatida elektron qabul qilib, geliy atomiga aylanadi.

β-nurlar katod nurlari kabi, elektronlardan iborat. Bu nurlarning tezligi 300 ming km/sek ga yaqin.

γ-nurlar rentgen nurlari kabi elektroneytraldir, lekin ularning to‘lqin uzunligi rentgen nurlarinikidan kichik.

Radioaktiv elementlar o‘zidan α,γ,β-nurlarni tarqatishi, ya’ni radioaktiv emirilishi natijasida yangi elementlar hosil bo‘ladi. Masalan:

  1. α, 224 4

  1. Ra→86Rn+2He.


Hosil bo‘lgan radon elementi o‘z navbatida a-nurlar tarqatishi natijasida atom massasi 218 ga teng bo‘lgan, kimyoviy xossalari jihatidan poloniy elementiga o‘xshash yangi radiy A elementi hosil bo‘ladi.

222 α 218

86Ra→84Po


Poloniy ham radioaktiv element, u o‘z navbatida nur tarqatib yangi radioaktiv element hosil qiladi va bunday radioaktiv emirilish radioaktiv bo‘lmagan element hosil bo‘lguncha davom yetadi.

Biror radioaktiv elementning ikkinchi radioaktiv elementga o‘tish qatori radioaktiv emirilish qatori deyiladi.

Hozirgi vaqtda 3 ta radioaktiv emirilish qatori mavjud va uchala qator ham radioaktiv bo‘lmagan qo‘rg‘oshin elementi bilan tugaydi

1-qator- atom massasi 235 ga teng bo‘lgan aktiniy uran qatori. Bu qator 7 ta α- va 4 ta β -nur tarqatib, atom massasi 207 ga teng bo‘lgan barqaror qo‘rg‘oshin elementini hosil qiladi.

11-qator massasi 238 ga teng bo‘lgan uran qatori. Bu qator o‘zidan 8 ta α va 6 ta β -nur tarqatib, atom massasi 206 ga teng bo‘lgan qo‘rg‘oshin elementini hosil qiladi.

11 qator- atom massasi 232 ga teng bo‘lgan toriy qatori. Bu qator o‘zidan 6 ta α va 4 ta β -nur tarqatib atom massasi 208 ga teng bo‘lgan barqaror qo‘rg‘oshin elementini hosil qiladi.

Radioaktiv emirilishga urinish shuni ko‘rsatdiki, har bir sekuntda atomlarning bir xil miqdori emiriladi. Bu miqdor emirilish konstantasi deyiladi.

Radioaktiv element dastlabki miqdorining yarmi emirilishiga kyetadigan vaqt yarim emirilish vaqti deb ataladi.


3.2. Atom tuzilishining yadro nazariyasi


Elektronlar turli xil moddalardan ajralib chiqadi, elektronlar hamma element atomlarinig tarkibiy qismidir degan xulosa kelib chiqadi. Ammo elektron zaryadli bo‘lib, yadro + zaryadli bo‘lgani uchun, umuman atom elektroneytraldir.

Atom tarkibining + zaryadli qismini Ingliz olimi E.Rezerford α,-zarrachalarning tarqalishini o‘rganish natijasida kashf etdi.

Rezerford 1911 yilda atom tuzilishining yadro nazariyasini taklif qildi.

Yadroning ulchami atom o‘lchamiga nisbatan nixoyatda kichik. Atom yadrosi ishg‘ol qilgan hajmi atom hajmining faqat 10-13 qisminigina egallaydi.

Atom yadrosining zichligi juda katta bo‘lib,1 sm3 atom yadrolarini to‘plaganimizda edi, uning massasi 116 mln. t. chamasida bo‘lgan bo‘lar edi.

Atom yadrosini zaryadi:

1 α-zarrachalar yupqa metall plastinkadan o‘tganda u/ch tarqalish hodisasini o‘rganish atom yadrosi + zaryadning kattaligi haqida tasavvur qilishga imkon berdi.

Atom yadrosining zaryadini kimyoviy elementning davriy sistemasidagi tartib nomeriga yaqin (teng) son ekanligini ingliz olimlari - G. Mozli (1912) va J. Chedvik (1920) tajribada isbotlab berdilar.

Mendeleyev davriy qonuni hozirgi davrda quyidagicha ta’riflanadi:

Elementlarning xossalari ularning atom yadrosi zaryadining kattaligiga davriy ravishda bog‘liqdir.

Bir elementning bir-biridan massasi jihatidan farq qiladigan atomlari izotoplar deb ataladi.

Izotop yadrosining massasi S birligida ifodalangan butun son massa soni deyiladi.

M: 3Li7, 6C12, 8O16, 11Na 23, 13Al27


Yadro zaryadi bilan farq kilinadigan, ammo massasi bir xil bo‘ladigan atomlar ham bor.

M: 18Al40, 19K40 va 20Ca40; 24Cr56 va 26Fe56; 30 Zn70 va 32Te70


Massalar soni bir-biriga teng bo‘lgan turli elementlar atomlari izobaralar deyiladi.

Izotonlar - neytronlar, protonlar va atom massasi o‘zgaruchchan bo‘lgan yadrolar. Izotopiya hodisasi deyarli hamma elementlarda uchraydi.

Yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar turi kimyoviy element deyiladi.


3.3. Atom yadrosini sun’iy yo‘l bilan parchalash. Atom yadrosining tarkibi.

1919 yilda E.Rezerford atom yadrosini sun’iy yo‘l bilan parchalashda radioaktiv nurlanishda chiqadigan a-zarralar juda katta kinetik energiyasidan birinchi bo‘lib foydalanadi.

Uning tajribasi:

7N14+2He4=8P17+1H1

proton

Bir xil atomlar yadrolarining boshqa xil atom yadrolariga aylanish jarayoni yadro reaksiyalari deyiladi.

1930 yilda Be α-zarralari bilan bombardimon qilinganda, u singish xususiyati kuchli bo‘lgan o‘ziga xos nurlar chiqarishi aniqlandi.

1932 yilda J. Chedvik bu nurlar elektroneytral zarralar oqimidan iborat ekanligini aniqladi. Ular keyinchalik neytronlar deb ataldi.


4Be9+2Ne4=6C12+0n1 neytron


D.D.Ivanenko (sobik sovet fizigi) va V. Geyzenberg (nemis fizigi)-1932 yilda atom yadrosi tuzilishining proton-neytron nazariyasini taklif kildilar. Bu nazariyaga muvofiq atom yadrosi proton va neytronlardan tuzilgan. Umumiy nom bilan nuklonlar deb ataladi.

Massasi 1 ga va zaryadi +1 ga teng bo‘lgan zarrachalar protonlar deyiladi.

Masssasi 1 ga va zaryadsiz zarrachalar neytronlar deyiladi.


N=A-Z:


N-neytronlar soni, A-atom massa,. Z-tartib nomeri

Misol: a) (Mg)N=24-12=12 ta b) (Al)N=27-13=14 ta

v)(Au)N=197-79=118 ta


3.4. Bor nazariyasi


Atom tuzilishining E.Rezerford taklif etgan yadro nazariyasi keng tarqaldi. Rezerford nazariyasiga muvofiq elektron yadro atrofida planetalar Quyosh atrofida aylangan singari aylanadi.

Ammo klassik elektrodinamika qonunlariga ko‘ra elektronlar har akatlanish paytida nurlanib doimo energiya yo‘qotib turishi kerak. Natijada elektronlar har akati sekinlashib, ular asta sekin yadroga yaqinlashishlari va nixoyat unga tushib qolishlari kerak edi. Bundan tashqari elektronlar aylanma har akatida yorug‘likning nurlanish chastotasi elektrokimyo orbita aylanish chastotasiga teng bo‘lish kerak. Shu sababli, elektron yadroga yaqinlashgan sari nurlanayotgan yorug‘likning chastotasi doim o‘zgarish va nurlanishning yoppa spektriga aylanish kerak. Ammo, dalillar bu xulosani rad yetadi. XIX asrning 60-yillaridayoq, qattiq qizdirilgan gaz yoki bug‘dan chiqqan yorug‘likning parchalanishi natijasida, shu modda uchun xos bo‘lgan va bir necha xil rangli chiziqlardan tuzilgan spektr hosil bo‘ladi. 1913 yilda Daniya olimi N. Bor M.Plankning nurlanishni kvant nazariyasi asosida atom tuzilishi nazariyasini rivojlantirdi

Kvant nazariyasining mohiyati quyidagicha: nur energiyasi uzluksiz oqim bo‘lib emas, balki aloxida porciyalar-energiya kvantlar xolida chiqadi va yutiladi.

Kvant energiyasining kattaligi ε, nur chiqarish chastotasi- γ ga to‘g‘ri proporcional:


ε=hγ


h-Plank doimiysi, 6.6·10-27 erg.sek1 ga teng. Bu kattalik ta’sir kvanti deyiladi. Elektron bir orbitadan boshqasiga o‘tganda chiqadigan energiya miqdori proporciyalar, ya’ni kvantlar bilan o‘zgaradi:


ε10= hγ1; ε2 0=hγ2; ε30=hγ3 va xakozo.


Elektronning har bir stacionar orbitadagi holatiga atom energiyasining ma’lum miqdor zapasi to‘g‘ri keladi. Elektron birinchi orbitada har akatlanayotganda yadroga eng kuchli tortiladi, energiya zapasi esa eng kam bo‘ladi.Atomning bunday holati normal holat deyiladi. Agar atomga energiya berilsa, masalan, jism yoritilsa, elektron yadrodan uzoqroqdagi orbitalardan biriga ko‘chadi, bunda uning yadroga tortilish kuchi kamayadi, atomning energiya zapasi esa ko‘payadi Atomning bunday holati qo‘zg‘algan holati deyiladi.

Atom qo‘zg‘algan holatida sekundiga 1/1000000 ulushiga kadar vaqt tura oladi, keyin elektron yana avvalgi holatiga qaytadi. Elektronning yadrodan uzoqroqdagi orbitadan yaqinroq orbitaga qaytadi. Elektronning yadrodan uzoqroqdagi orbitadan yaqinrok orbitaga o‘tishida nur energiya kvantlari chiqadi:


εkN=ε=hγ


εk - εn εk εn

bundan γ = ------- = ------ = ------

h h h

bunda εN va εK- atomning elektron boshqa orbitaga o‘tmasdan oldingi dastlabki energiyasi, hamda oxirgi- elektron o‘tgandan keyingi energiya:

Bor formulasi:


γ=3,3·1015[(1/n2yaqin)(1/n2uzoq)]·sek-1


1885 yilda Shvecariyalik fizik I.Ya.Balmer tegishli spektrlarning to‘lqin uzunligini o‘lchash asosida spektrda chiziqlarning bunday izchilligi joylanishi ma’lum qonuniyatga bo‘ysunishi empirik yo‘l bilan aniqlanadi.


γ=R[( 1/22)-(1/n2)]·sek-1


R-konstanta (3,.3*1015), n-butun son, γ 3, 4, 5 va x.k.z bo‘lishi mumkin.

e- ultrabinafsha nurlar e- ko‘rinadigan nurlar e- infraqizil nurlar.


Savol va topshiriqlar


  1. Atomlarni bombardimon qilish qanday xulosaga olib keldi?

  2. Atomlarning planetar tuzilishi nazariyasini ayting.

  3. Katod nurlari nimadan iborat?

  4. α- zarrachalar massasi va qiymati nimaga teng?

  5. Elektron massa vodorod atom massasining qanday qismini tashkil qiladi?

  6. Yadro nazariyasini o‘rganishda qaysi tajribadan foydalaniladi?

  7. Yadro tarkibi qanday zarrachalardan iborat?

  8. Izotop, izobara va izotonlarga ta’rif bering.

  9. Atom tuzilish nuqtai nazaridan kimyoviy element deb nimaga aytiladi?

Bor postulatini aytib bering.

Добавить документ в свой блог или на сайт

Похожие:

Atom murakkab sistema. Reja iconMövzu 23. Atom nüvəsi və elementar zərrəciklər fizikası. Atom nüvəsi

Atom murakkab sistema. Reja iconKomra do tu ndihmojë gjeneratave të reja e të vjetra që të kuptojnë çfarë ka ndodhur në të kaluarën

Atom murakkab sistema. Reja icon"Gravitational Waves Detection with Atom Interferometry", Firenze, February 23-24, 2009

Atom murakkab sistema. Reja iconD. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi. Atom tuzilishi

Atom murakkab sistema. Reja icon63, 630-642 (1967). "The study of Atom Reactions in gases by Electron Spin Resonance" by J. M. Brown, B. A. Thrush and A. F. Tuck Proc. Roy. Soc., A302

Atom murakkab sistema. Reja iconSistema de recrutamento de trabalhadores migrantes

Atom murakkab sistema. Reja iconSistema informativo ministero della pubblica istruzione

Atom murakkab sistema. Reja iconSistema informativo ministero della pubblica istruzione

Atom murakkab sistema. Reja iconSistema informativo ministero della pubblica istruzione

Atom murakkab sistema. Reja iconServizio sistema agroalimentare ambiente rurale e foreste

Разместите кнопку на своём сайте:
Библиотека


База данных защищена авторским правом ©kk.docdat.com 2013
обратиться к администрации
Библиотека
Главная страница