IX. Ishlab chiQarish jarayoni va uning tuzilishi. IX. 1 Ishlab chiqarish jarayoni va unnng tuzilishi (strukturasi)




Скачать 265.17 Kb.
НазваниеIX. Ishlab chiQarish jarayoni va uning tuzilishi. IX. 1 Ishlab chiqarish jarayoni va unnng tuzilishi (strukturasi)
страница1/15
Дата конвертации17.05.2013
Размер265.17 Kb.
ТипДокументы
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

IX. Ishlab chiQarish jarayoni va uning

tuzilishi.

IX. 1 Ishlab chiqarish jarayoni va unnng tuzilishi (strukturasi).



Ishlab chiqarish jarayoni - korxonaning murakkab va kup kirrali faoliyati asosida tashkil topgan bulib, uning asosiy vazifasi dastlabki xom asheni tayer mahsulotga aylantirishdir. Ishlab chikarish jarayoni mehnat vositasi ishlab chikarish kuroli va jonli mehnat xarakati yiginadisidan iborat bo’ladi. Xom ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida xamma jarayonlarning roli bir xil bulmaydi. Baьzi jarayonlar xom ashyoning (masalan. pivo pishirish jarayonida pishiruvchi qozonlar yoki konserva zavodida pasterilizasiya jarayonlari) tayyor mahsulotga aylanishida bevosita katnashadi. Shunday jarayonlarning yig’indisi asosiy ishlab chikarishnn tashkil etadi. Ayrimlari esa xom ashening tayer mahsulotiga aylanishida kerakli imkoniyat yaratadi. Bular korxonaga zarur materiallar etkazib berish, dastgohlarni tuzatish, elektr quvvati bilan ta’minlash, tayyor mahsulotlarni jo’natish kabi yordamchi jarayonlar yig’indisidan iborat. Bu jarayonlar yig’indisiga yordamchi ishlab chikarish jarayoni deb ataladi.

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari va qisman mehnat jarayonlari bir-biri bilan uzaro bog’liq tarzda yulga kuyilgan xolda yukori sifatli mahsulot ishlab chikarish natijasida korxona yukori darajadagi samaradorlik kursatkichlariga erishadi. Shuni aytish kerakki, asosiy ishlab chikarish jarayonlarida, bir xil uchastkalarning unumliligi bir-biriga mosmasligi, ishchilarning notugri joylashtirilishi, dastgoxlar kompanovkasining buzilishi, texnologiya tuzumiga e’tibor bermaslik, mehnatni ilmiy asosda tashkil kilmaslik natijasida, yordamchi ishlab chikarish jarayoni yukori darajada tashkil etilmasligi kabi xolatlar korxona texnikaviy-iktisodiy kursatkichlarining pasayishiga olib keladi.

Ishlab chikarish jarayonlarining yig’indisi qisman mehnat jarayonlaridan iborat bulib, ularni turkumlashda okilona variantlardan foydalanib, tugri loyixalash talab etiladi. Ishlab chikarish jarayonida texnologik jarayoni chizma bulaklarga taksimlanish xolislikni talab kiladi, chunki ularda doimiy alomatlar saklanib kolishi karak. Ishlab chikarish jareni - ish kuni, mehnat buyumi va mehnat vositasining doimiyligi natijasida paydo buladi. Agar ulardan kaysi biri uzining xarakati va sifati jixatidan uzgarsa, yangi ishlab chikarish jarayoni paydo buladi (ishchi - ish kurolini eki xam asheni uzgartirsa albatta yangi mahsulot, yangi mehnat paydo buladi).

Bir xil ish joyida bir eki bir necha ishchilar turli xil jarayonni boshkarishi mumkin. Bu esa kisman mehnat jarayonini tashkil kiladi.

Mehnatning ish qurollari bilan ta’minlanganligi va unda insonning ishtirok etishiga qarab, u mexanizasiyalashmagan, qisman mexanizasiyalashgan, mashinalashgan jarayonlarga bo’linadi.

Mexanizasiyalashmagan jarayonlar mexanizmlarsiz, hech qanday energiya turidan foydalanmay amalga oshiriladi. Ular mehnat buyumining holatini yoki ularning shaklini o’zgartirishga yo’naltirilgan bo’lib, qo’lda foydalaniladigan asboblar yordamida bajariladi. Кonchilik korxonalarining asosiy ishlab chiqarishida mexanizasiyalashmagan jarayonlar kam uchraydi. Biroq, ishlab chiqarishning yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi bo’g’inlarida qo’l mehnati xali anchagina.

Qisman m e x a n i z a s i ya l a sh g a n jarayonlarda ishlar mashinalar yoki mexanizasiyalashgan asboblar yordamida bajariladi: ularni boshqarish esa insonning qo’l mehnatini talab etadi.

M a sh i n a l a sh g a n jarayonlarda mehnat quroli bo’lib mashinalar xizmat qiladi: ishchi esa bevosita ish joyidan yoki uzoqdan turib uning harakatini muayyan maqsadga yo’naltiradi. Hozirga vaqtda konchilik korxonalarining deyarli barcha asosiy jarayonlari mashinalashgan.

Har bir ishlab chiqarish jarayoni o’zining tuzilish xususiyatiga ega. Texnologik mazmuniga ko’ra u ishlab chiqarish stadiya (bosqich)lariga, ish jarayonlari majmuiga, ish jarayonlariga va operasiyalarga bo’linadi.

Ishlab chiqarish bosqichi - bu foydali ishlab chiqrish jarayonining texnik, texnologik a tashkiliy jixatdan ajralgan qismidir. U o’zaro bog’liq bo’lgan va ma’lum tartibda ketma-ket keluvchi ish jarayonlari majmuini o’z ichiga oladi. Ruda qazib chiqaruvchi konchilik korxonalari ishlab chiqarishi quyidagi bosqichlaridan konni ochish, qazib chiqarishga tayyorlash, qazib chiqarish, foydali qazilmani boyitish, tayyor mahsulotni iste’molchiga yuklab jo’natishdan iborat bo’ladi. Bular bir vaqtning o’zida ketma-ket bajarilishi mumkin.

Ish jarayonlari majmui - bu ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy va texnologik jixatdan ajralgan qismi bo’lib, maxsus texnologik mazmun bilan ifodalanadi va uni bajarish uchun maxsus ishlab chiqarish vositalari hamda ma’lum kasbdagi ishchilar zarur bo’ladi.

Ish jarayoni - bu ish jarayoni majmuining aniq chegaralangan va o’zining tashkiliy tuzilishi (struktura) hamda texnologik mazmuniga ko’ra farqlanuvchi bir qismi bo’lib, u aniq texnologik mazmun, mehnat buyumlari, qo’llaniladigan mehnat vositalari bilan ifodalaniladi. Har bir ish jarayoni o’zining texnologiya va texnikasiga, tuzilishi va maqsadiga ega bo’ladi: shular orqali u boshqa ish jarayonlaridan farq qiladi.

Ish jarayoni muayyan ish joyida bir yoki guruh jrochilar tomonidan bitta yoki bir nechta mehnat qurollari yordamida amalga oshiriladi.

Bajarilish usuliga qarab ish jarayonlari mashinalashgan, qisman mexanizasiyalashgan va mexanizasiyalashgan turlarga bo’linadilar.

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Добавить документ в свой блог или на сайт

Похожие:

IX. Ishlab chiQarish jarayoni va uning tuzilishi. IX. 1 Ishlab chiqarish jarayoni va unnng tuzilishi (strukturasi) iconD. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi. Atom tuzilishi

IX. Ishlab chiQarish jarayoni va uning tuzilishi. IX. 1 Ishlab chiqarish jarayoni va unnng tuzilishi (strukturasi) iconQatag’onlik siyosati va uning oqibatlari. Bajardi: dadaboyev farrux

IX. Ishlab chiQarish jarayoni va uning tuzilishi. IX. 1 Ishlab chiqarish jarayoni va unnng tuzilishi (strukturasi) iconTаrnоv vа o‘pirishlаr xоsil bo‘lishi,burg‘ilаsh tizmаsining qisilib vа yopishib qоlishlаri
Аgаr tаrnоv xоsil bo‘lib bo‘lgаn bo‘lsа, uning yanаdа kаttаlаshishini оldi оlinаdi. Eng оhirgi chоrа chuqur tаrnоvlаr hоsil bo‘lgаn...
IX. Ishlab chiQarish jarayoni va uning tuzilishi. IX. 1 Ishlab chiqarish jarayoni va unnng tuzilishi (strukturasi) iconMubolag’asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat salohiyatimizning noyob va go’zal binosiga bundan ko’p asrlar muqaddam poydevur solingan edi. Mamiakatimiz
«Mubolag’asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat salohiyatimizning noyob va go’zal binosiga bundan ko’p asrlar muqaddam poydevur...
Разместите кнопку на своём сайте:
Библиотека


База данных защищена авторским правом ©kk.docdat.com 2013
обратиться к администрации
Библиотека
Главная страница